Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali o‘quv yilini masofaviy ta’limda yakunlaydi

Direktor talabalarning muammolarini o’rganib chiqib, ushbu qarorga kelganini ma’lum qilamiz.

Hozirgi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib TATU Farg‘ona filialda o‘quv jarayoni o‘quv yilini yakuniga qadar masofaviy shaklda olib borilishini ma’lum qilamiz.

Hurmatli talaba-yoshlar, Sizlardan masofaviy tashkil etilgan darslarda to‘liq ishtirok etishlaringiz hamda nazorat topshiriqlarni o‘z vaqtida topshirishlaringiz talab etiladi.

Sirtqi ta’lim yo‘nalishidagi talabalar uchun ham yakuniy nazoratlar test shaklida o‘tkazilishini ma’lum qilamiz. Bu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar dekanat tomonidan ham berib boriladi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali Axborot xizmati

Rasmiy telegram kanal va guruh:
@TATUFF_mt
@officalgroupTUIT