Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali rahbariyati hamda talaba-yoshlari Quvasoy shahrida joylashgan “Vodiy tulporlari ot kompleksi”ga tashrif buyurdilar

2021 yil 30 iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ma’ruzasi davomida ot sporti va chavandozlikni rivojlantirishga oid berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan yoshlarni ot sporti va chavandozlikka jalb etish, hamkorlik ishlarini olib borish maqsadida filial rahbariyati, magistrlari, talabalari va piar guruhi a’zolari Farg‘ona viloyati Quvasoy shahri Pakana mahallasi hududida joylashgan “Vodiy tulporlari” ot kompleksiga tashrif buyurdilar.

Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati