O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-dekabr kuni mamlakatimiz yoshlari bilan o‘tkazilgan O‘zbekiston yoshlari forumi yig‘ilishi bayonining 48-bandi asosida vazirlik va idoralar rahbarlari yoshlar bilan ochiq muloqotlarni o‘tkazish vazifasi yuzasdan 2021 yil 18-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali direktori A. Rasulov hamda Kompyuter injiniring fakulteti dekani O. Otaqulovlar kompyuter injiniring fakulteti 4-bosqich 180 nafar talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot dasturi asosida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda, Davlat rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2021-yil 27-yanvar kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida 1-fevraldan boshlab haftaning ikki kunini yana bir kun yoshlar bandligi bilan, ikkinchi kun ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan shug‘ullanish amaliyotini joriy etish orqali yoshlar muammolarini tizimli hal etish masalalari yuzasidan ochiq suhbat olib borildi va yoshlar bilan ochiq muloqotlarini o‘tkazish bo‘yicha 1-uchrashuv bo‘lib o‘tdi.