Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialida 11-oktabr Xalqaro qizlar kuni munosib nishonlandi. Erta tongda Islom Karimov nomidagi teatr-kontsert saroyida tashkil etilgan tadbirga filial Xotin-qizlar Kengashi raisi Sh.Ganiyeva va talaba qizlaridan 50 nafari qatnashish uchun tashrif buyurdilar

So‘ng kun oxirida filial TTJ da qizlarga bag‘ishlangan tadbir davom etdi. Tadbirni Yoshlar masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Kadirov, Kompyuter injiniringi fakulteti dekan o‘rinbosari N.Ibragimov va Sh.Ganiyeva hamda filial TTJda yashovchi talaba qizlar ishtirok etishdi. Shuningdek, eng namunali, iqtidorli, faol va shijoatli qizlar ham esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Tadbirda qizlar uchun bayram dasturxoni yozilib, turli kuy-qo‘shiklar yangradi. Barcha ishtirokchilar ushbu tadbirda madaniy hordik chiqardilar va zavq bilan ishtirok etdilar.