Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialida 2023-yilning 20-oktabr kuni iqtidorli talabalar ishtirokida «Qadring baland bo‘lsin-Ona tilim» bayram tadbiri o‘tkazildi

Katta majlislar zali bayramona ko‘rinishda, gullar va turfa xil sharlar hamda Axborot resuralar markazi tomonidan kitoblar, o‘zbek tilini ulug‘lovchi targ‘ibot materiallari, ko‘rgazmali tasviriy vositalar bilan bezatildi. Bayram tantanasiga Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Tolipov, direktor maslahatchisi A.Usmonov hamda faxriy ustozlar va tyutorlar talabalar taklif etildi.