2021 yil 18 oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal Demokratik Partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sh.M.Mirziyoyevning ishonchli vakili, Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi boshlig‘i, O‘zbekiston xalq shoirasi E.Siddiqova, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputatlari M.Ibragimova, D.G‘aniyev, B.Raxmonaliyev hamda bir qator mehmonlar bilan saylov oldi uchrashuvlari tashkil etildi.
Tadbir davomida yangi O‘zbekistonning jahon mamlakatlari orasida nufuzi tobora oshib borayotganligi, ilm-fan, ta’lim tarbiya borasida erishilayotgan yutuqlar borasida fikr almashildi.
Shuningdek, talabalar tomonidan yoshlarga berilayotgan e’tibor hamda yaratilayotgan imtiyozlar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirildi.