Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-fevraldagi 56-F-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan, Respublika miqiyosida oʼtkaziladigan ilmiy va ilmiy – texnik rejasiga muvofiq filialda 2020-yil 17-aprel kuni “Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalari va telekommunikatsiyalarning zamonaviy muammolari va yechimlari” mavzusiga bagʼishlangan onlayn ilmiy-texnik anjumani oʼtkazildi. Konferensiyada 4 ta sho’ba bo’yicha, jumladan:
1) Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishning dolzarb muammolari va ularning yechimlari;
2) Telekommunikatsiya va axborot xavfsizligining muammolari va yechimlari;
3) Zamonaviy pedagogik-psixologik texnologiyalari va ularni yaratishning innovatsion usullari;
4) Raqamli iqtisodiyotning jamiyatni rivojlanishidagi, hamda hududiy muammolarni yechishdagi ahamiyati yoʼnalishlari boʼyicha 300 dan ortiq oʼzbek, rus va ingliz tillarida maqolalar qabul qilindi. Аnjumanimiz Respublika miqiyosida boʼlishiga qaramay АQSh (Ferris davlat universiteti), Italiya (Turin politexnika universiteti), Rossiya (Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universiteti), Belorussiya (Belorusiya davlat informatika va radioelektronika universiteti), Qozogʼiston (Qozogʼiston davlat universiteti), Qirgʼiziston (Osh texnika universiteti, Osh davlat universiteti, Qirgʼiz-Oʼzbek universiteti) va Tojikiston (Tojikiston davlat siyosat va bizness universiteti) Respublikalaridagi hamkasblarimizdan ham maqolalar va tabriklar kelib tushgani albatta barchamizni quvontirdi. Kelib tushgan maqolalarning deyarli barchasi bugungi kunning dolzarb muammosini yechimiga qaratilgan. Shuningdek, konferentsiyada АQShning Ferris univeristeti professori B.Siddiqov, Italiyaning Turin politexnika universiteti professori, Xurshid Аliev, yaqin MDH mamlakatlari oliy oʼquv yurtlari professor-oʼqituvchilari hamda respublikamizdagi oliy oʼquv yurtlarining professor-oʼqituvchilari oʼz maʼruzalari va ilmiy maqolalari bilan ishtirok etdi.
Konferentsiyani kirish soʼzini filial direktori kirish soʼzi bilan ochib, butun dunyoda, jumladan respublikamizda ham hozirgi kunda global muammo sifatida koronavirus pandemiyasining tobora avj olib borayotgani hamda bu borada muhtaram yurtboshimizning qator murojaatlaridan butun xalqimizdan hushyorlik va ogohlikni keskin kuchaytirishni, karantin bilan bogʼliq joriy etilgan barcha tartib-qoidalarga soʼzsiz va qatʼiy amal qilishini aytib oʼtdi. Shu oʼrinda bugungi vaziyatdan kelib chiqqan holda filialning barcha professor-oʼqituvchilari, ishchi-xodimlari va talabalarini xavfsizligini taʼminlash maqsadida joriy yilning 16-martidan boshlab onlayn tizimga oʼtkazilganligini taʼkidlab oʼtdi. Online tizimi orqali hozirga qadar 80 dan ortiq darslar tashkil etilganligini, 30 dan ortiq videodars, videolaboratoriya mashgʼulotlar tizimga joylashtirilganligini aytib oʼtdi. Shundan soʼng, shoʼba yoʼnalishlari boʼyicha maqolalar muhokamasiga oʼtildi.