Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali direktori Akbarali Rasulov Farg’ona viloyati Yozyovon tumani 21-umum ta’lim maktabiga tashrif buyurdi

TATU Farg‘ona filiali direktori A.Rasulov tashrifi davomida Yozyovon tumani hokimi Djalolov Dilshod Tursunmurodovich, maktab ma’muriyati ishtirokida O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30-yilligi va 1-qo’ngiroq bayrami keng tarzda nishonlandi.Tadbir davomida 1-sinfga qabul qilingan o’quvchilarga A.Rasulov va D.Djalolov lar tomonidan prezident sovg’alari topshirildi.

Shu bilan bir qatorda TATU Farg‘ona filiali direktori A.Rasulov maktab o’quvchilariga mustaqillik shukuxi, yurt ravnaqi, mamlakat tinchligini asrab avaylash bo’yicha mustaqillik darslarida ishtirok etdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Axborot xizmati