Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali hamda Fiskal instituti huzuridagi Farg’ona soliq texnikumi bilan manfaatli uchrashuv o’tkazildi

Prezident raisligida 2024-yilning 5- fevral kuni ijtimoiy sohalarda ustivor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish bo’lib oʻtdi.

Unda davlatimiz rahbari mamlakatimizda taʼlim tarbiya tizimida erishgan yutuqlar maktabgacha va maktab ta’limida erishilgan katta o‘zgarishlar bilan bir qatorda bog‘cha bilan maktab, maktab bilan kollej va oliygoh o‘rtasida uzviylik yetarli darajada emasligi aytib oʻtdi.

Vazifalardan kelib chiqib Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali hamda Fiskal instituti huzuridagi Farg’ona soliq texnikumi bilan manfaatli uchrashuv o’tkazildi.

Yangi o’quv smestrida Dasturiy injiniringi va raqamli iqtisodiyot fakultetining Raqamli iqtisodiyot yo’nalishi talabalari va soliq texnikumi talabalari bilan birgalikda o’quv amaliyot darslari olib borish rejalashtirildi.