Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialida 1- Oktabr “O’qituvchi va murabbiylar“ kuniga bag’ishlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi

Tadbirda mamlakatimizda ta’lim tizimini yuqori bosqichga ko‘tarish, muallimlar, murabbiylar nufuzini, jamiyatdagi o‘rni va ro’lini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi, yurtimizda yangi avlod, yangi g‘oyalar sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani ado etishda, yosh avlodning tafakkur dunyosini shakllantirishda hizmat qilayotgan – ustoz va muallimlar mehnatlari beqiyos ekanligi ta’kidlanib, ustozlarga hurmat va ehtirom ila chuqur minnatdorchilik bildirildi.

Shuningdek, talabalar tomonidan tashkillangan tadbir ustozlarni ko’ngillarini shodlik bilan to’ldirdi.