Anjumanida, viloyatimizda faoliyat olib boruvchi jurnalist, bloger hamda boshqarmalarning axborot xizmati rahbarlari ishtirok etdi.
Anjumanda oliygoh direktori Farrux Muxtarov talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi muhim vazifalar to‘g‘risida ma’lumot berib o’tdi.
Shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari uchun filialning zamonaviy kiberxavfsizlik markazi, murakkab jarayonlarni modellashtirish ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, student office, madaniyat saroyi hamda axborot-resurs markazi bilan tanishtirildi, keng jamoatchilik vakillari bu haqida xabardor qilindi.
Matbuot anjumani, press tur davomida OAV vakillari mas’ullarimizdan o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.