Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

2022-2026-yillarga  mo‘ljallangan  Yangi O‘zbekistonning  taraqqiyot strategiyasi  va  Davlat dasturining maqsad  va  vazifalari mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Ushbu matbuot anjumanini filial direktori A.Rasulov ochib berdi va anjuman ishtirokchilarga o‘zining tavsiyalarini berdi.

Mazkur anjumanda Yangi O‘zbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yo‘nalishlari, milliy taraqqiyot istiqbollari haqida atroflicha fikr yuritildi. Mazkur tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan Yangi O‘zbekistonning zamonaviy demokratik qiyofasi qanday yaratilayotgani, mamlakatni yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarish uchun belgilab olingan strategik yo‘llar, so‘ngi besh yillikda barcha sohalar bo‘yicha erishilayogan yutuqlar bo‘yicha ma’ruza qilindi. Tadbir davomida talabalar tomonidan ta’lim sohasida, axborot texnologiyalari sohasida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat yuzasidan fikrlar bildirildi. Tadbir so‘ngida filialimiz talabalari matbuot anjumani haqida o‘zlarining fikrlarini bildirishdi.