Tadbirda viloyat prokuraturasi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali maʼmuriyati va 468 nafar talabalar, viloyat Bandlik Bosh boshqarmasi, ommaviy axborot vositalari va boshqalar ishtirok etishdi. Tadbirga tashrif buyurgan korxona va tashkilotlar 200 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdilar.
Yarmarkaning o‘zida 6 ta korxona bilan jami 127 nafar talabalarni bitiruv oldi amaliyotini o‘tash bo‘yicha shartnomalar tuzildi. Shuningdek yarmarkaga jalb qilingan 200 nafar fuqarolarga mehnat qonunchiligi tadbirkorlik va o‘zini-o‘zi band qilish bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad talaba-yoshlarni kasbga yo‘naltirish, ish beruvchi va yoshlarning bevosita muloqotini taʼminlash , bitiruvchi talabalarning bandligini taʼminlashda soha korxonalari bilan hamkorlikdagi ishlarni rivojlantirishdir.