Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 32 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan viloyat miqyosida “Kibersport” bo‘yicha “Viloyat hokimi kubogi” musobaqalarini tashkil etildi

Ushbu musobaqa viloyat miqyosida yoshlar jamoalarini shakllantirish va ular o‘rtasida ilk marta viloyat birinchiligi musobaqasini tashkil etish maqsadida filialning Kiberxavfsizlik markazida viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralari xodimlaridan tashkil topgan jamoalari bellashdi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-noyabrdagi “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-423-son Qarori bilan O‘zbekistonda kibersport rasman alohida sport turi sifatida qabul qilingan.

“Kibersport” bo‘yicha “Viloyat hokimi kubogi” musobaqasi natijalari:

🥇1-o’rin: Prokuratura

🥈2-o’rin: ShHO (Sharqiy harbiy okrug)

🥉3-o’rin: IIB (Ichki ishlar boshqarmasi)