2021-yil 20-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali bitiruvchisi, Farg’ona shahar hokimi o’rinbosari Boburjon Mo’minov ishtirokida Innovatsion ishlanmalar va loyixalar mavzusida seminar bo’lib o’tdi. Tashrif mobaynida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida oliy ta’lim muassalaridagi bugungi o‘zgarishlar, erishilayotgan natijalar, professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari shuningdek ertangi kunimiz bo‘lgan yoshlar faoliyati yuzasidan suxbat olib borildi. Ma’lumki, har qanday jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi eng katta kuchi, ushbu jamiyatning kelajagi bilan bog‘liq bo‘lgan yosh avlodning sog‘lom va barkamol rivojlanishidir. Shu ma’noda seminar davomida bugungi tashrif doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali talaba –yoshlari tomonidan
Dasturlash bilan shug’ullanishdan oldin nimalarni bilish kerak?
- ? Qaysi dasturlash tilini o’rgangan yaxshi?
- ? Faqat Universitetda o’qigan talabalar dasturchi bo’lishadimi?
- ? Dasturlashni qaysi yo’l bilan o’rgangan yaxshi?
- ? va boshqa savollarga ushbu seminar davomida javoblar olindi
Suhbat jarayonida talabalar tomonidan o‘zlarining yaratayotgan dasturiy mahlulotlari, ertangi rejalari, soha korxonalar bilan amalga oshirilayotgan hamkorliklari yuzasidan fikrlar bildirishdi.