Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining 2-o‘quv binosida tahsil olayotgan Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakulteti talabalarini o‘qish jarayonini 2021-yil 21-apreldan 2 hafta muddatga onlayn shaklga o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Farg‘ona shahar boshqarmasining 2021-yil 20-apreldagi 755-son xatiga asosan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining 2-o‘quv binosida tahsil olayotgan Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakultetida koronavirus kasalligi bilan kasallangan 3 nafar talabalar aniqlandi. Bundan kelib chiqib, filial jamoasi ortasida kasallikni tarqalishini oldini olish hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2021-yil 17-apreldagi 69-son yig‘ilish bayonining 2-bandini ijrosini ta’minlash maqsadida, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali direktorining 2021-yil 21-aprel 141-sonli buyrug‘iga asosan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining 2-o‘quv binosida tahsil olayotgan Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakulteti talabalarini o‘qish jarayonini 2021-yil 21-apreldan 2 hafta muddatga onlayn shaklga o‘tkazildi.

Hurmatli talaba-yoshlar, 2021-yil 21-apreldan 2 xafta muddat davomida, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha 2020-2021 o‘quv yilining bahorgi semestirida o‘quv rejalardagi fanlardan ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarga ajratilgan soatlami barcha professor o’qituvchilar tomonidan onlayn tarzda ZOOM dasturi orqali http://moodle.fbtuit.uz tizimi yordamida tashkil etiladi.

Masofaviy ta’lim olishga imkoniyati mavjud bo‘lmagan talabalarni alohida ijtimoiy tarmog‘i (telegram) guruhlar orqali o‘qitish va fanlarni o‘zlashtirish jarayonlari amalga oshiriladi.