Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tarixida ilk bor universitet va uning barcha filiallarining bilimdon talabalari o‘rtasida qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi

Turnirda universitet  va uning filiallaridan 2 tadan jamoa ishtirok etdi. Har bir jamoada 5 tadan talaba bo‘lib, jami 70 ta  talaba ishtirok etdi. Bunday tadbir talabalarga faqatgina bilimini sinashga imkoniyat beribgina qolmay, ularga bayramona kayfiyat baxsh etdi.

Birinchi bosqichda 7 ta jamoa qatnashib, undan 4 ta jamoa, ikkinchi bosqichda esa 7 ta jamoadan 3 ta jamoa finalga yo‘l oldi.

Final bosqichiga eng kuchli 14ta jamoalardan 7ta  jamoa yetib keldi va o‘zaro bellashdilar. Final o‘yini juda qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.

Umumiy ballar hisobida:

🥇TATU burgutlari (Toshkent)

🥈Marg‘iloniy (Farg‘ona)

🥉Everest (Samarqand) jamoalari g‘olib deb topildi.

G‘oliblar universitetning faxriy yorliqlari va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

“Zakovat- intellektual o‘yini” talaba-yoshlarni bir joyga jamlab, bilimini namoyon etish va oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bizning filialdan Yoshlar bilan ishlash,  ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hodimlari boshchiligida 10 nafar ishtirokchilar qatnashishdi.

  1. Rayimov Abdulhamid – Yoshlar bilan ishlash,  ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i
  2. Sadikova Gulshanoy – Yoshlar bilan ishlash,  ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hodimi
  3. Nabijonov Ravshanbek – M1-21 guruh magistranti
  4. Esonov Nodirbek – 640-18 guruh talabasi
  5. Mirjalilov Odiljon – 642-19 guruh talabasi
  6. Xabibov Abdumajid – 610-18 guruh talabasi
  7. Toshpo‘latov Azizbek – 621-21  guruh talabasi
  8. Nabijonov A’zamjon – 651-20 guruh talabasi
  9. Zokirov Rahmatullox – 617-18 guruh talabasi
  10. Хоshimjonov Ismoilbek – 617-18 guruh talabasi
  11. Aktamova Umida 650-19 guruh talabasi
  12. Maxkamova Ozoda 620-19 guruh talabasi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Axborot xizmati