Munozara 2021 intellektual tanlovida filialimiz jamoasi Oliy ta’lim muassasalari o’rtasida Respublikada faxrli 1-o’rinni egallashdi

Oʻzbekiston yoshlari forumi 2021 doirasida oʻtkazilgan Buxoro viloyatidagi Munozara turnirida OTM talabalari oʻrtasida boʻlib oʻtgan final oʻyinida Fargʻona viloyatining “TANDEM 2” jamoasi Sirdaryo yoshlarini magʻlub etib Respublika chempioniga aylanishdi va koʻchma kubogni qoʻlga kiritishdi.

Shu bilan birga “TANDEM 2” jamoasining a’zosi filialimiz talabasi Aktamova Umida “Eng yaxshi 2-notiq” nominatsiyasi boʻyicha e’tirof etildi!!!

Shu bilan birga Fargʻonalik hakamlar guruhi a’zolariga maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi final uchrashuvini baholash ishonib topshirildi!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati