Muxammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialining Axborot-Resurs Markazida 27-may kuni ulug‘ adiblarga bag‘ishlangan tadbir kechasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 115 yilligi hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli adiba, jurnalist Muhtarama Ulug‘ova tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Muxammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialining Axborot-Resurs Markazida 27-may kuni ulug‘ adiblarga bag‘ishlangan tadbir kechasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifay ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Kadirov, O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti M. Mirzayev, ARM xodimlari va bir qancha talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

M. Mirzayev talaba-yoshlarga ulug‘ adiblarning hayotlari va ijodlari haqida so‘zlab berdi.

Tadbir ko‘tariniki kayfiyatda o‘tdi, talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.