Muxammad – Al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida 2019 yil 28-yanvardan 31-yanvargacha bo‘lgan kunlari rejaga asosan professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida sportning mini futbol, voleybol, yengil atletika (qisqa va o‘rta masofaga yugurish, uzunlikka sakrash estafeta), stol tennisi turlaridan musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

Musobaqalarda ishtirok etish maqsadida 280 nafar sportchi yoshlar talabnomalarini sport klubiga taqdim etishdi. 28-yanvarr kuni guruxlar o‘rtasida qura tashlash o‘tkazilib jamoalar o‘yini aniqlandi.

Shu kuni musobaqa ochilishida barcha jamoalar va filial professor o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Filial direktori A.Rasulov so‘zga chiqib,  musobaqa ishtirokchilariga omad tilab musobaqani ochiq deb e’lon qildi. Shundan so‘ng musobaqalarga start berildi.

Musobaqalar “Olimpiya” usulida tashkillanib qiziqarli va murosasiz baxslarga boy bo‘ldi. Sport musobaqalari filialning sport zalida  belgilangan vaqtlarda qiziqarli tarzda bulib o‘tdi. Musobaqalarda xakamlik qilishga Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi I. Rustamov, kompyuter tizimlari kafedrasidan J. Suyumovlar amaliy yordam ko‘rsatishdi.

Musobaqalarda g‘olib bo‘lgan jamoalar va yaxshi ishtirok etib o‘zini ko‘rsatgan sportchi talabalar filial direksiyasi, dekanatlar va kasaba uyushmasi tomonidan estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Filial sport maydonida va sport zalida professor – o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda

So’ngi yangiliklar

So’ngi izohlar