Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi, bo’lim boshlig’i Bobur Nurmanov va xodimlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialining professor-o’qituvchilar va talabalar uchun “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanish tartibi, imkoniyatlari va afzalliklari” mavzusida seminar-treninglar o‘tkazishdi.
Ushbu treninglarda 200 dan ortiq professor-o’qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etib, ular my.gov.uz portalida joriy etilgan imkoniyatlar, yangi turdagi elektron xizmatlar hamda ulardan foydalanish tartiblari bilan tanishtirildi.
Seminar-trening davomida ishtirokchilarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan savollariga soha mutaxassislari batafsil javob berishdi.
![](https://tatuff.uz/wp-content/uploads/2023/12/photo_2023-12-19_11-32-45-1024x682.jpg)