Oʼzаro hаmkorlik hаmdа “mаster klаss” dаrslаri bo’lib o’tdi

OʼZАRO HАMKORLIK XАMDА “MАSTER KLАSS” DАRSLАRINI OʼTISH VА TАLАBАLАR BILАN UCHRАSHUV TАDBIRI HАQIDА

MА’LUMOTNOMА

Joriy (2019-2020 oʼquv) yilning 29 yanvar kuni TАTU Fargʼona filialining “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasiga karashli 2B А208 auditoriyada oʼzaro integratsiya va innovatsion xamkorlikni yanada kuchaytirish asosida “Oʼzbektelekom” АK Fargʼona filiali direktori V.V.Ejkov, marketing va moliya ishlari boʼyicha direktor oʼrinbosari F.Raximov, kadrlar bilan ishlash boʼlimi boshligʼi G.Аxmedova xamda “Uzmobile” filiali ekspluatatsiya boʼlimi boshligʼi А.Muxammadaliev, ekspluatatsiya boʼlimi muxandisi M.Qodirov, ish yuritish va personal rivojlantirish boʼlimi boshligʼi N.Аxmadalievalar bilan xamkorlik uchrashuvi va darslar tashkillandi. Bunda TАTU FF “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi oʼqituvchilari O.S.Rayimjonova, B.Djalilov, N.Joʼraev, B.Turgʼunov, U.Iskandarov, M.Xalilov, А.Tillaboev, L.Dalibekov, N.Mamasodiqova, Sh. Ergashev, G.Joʼraevalar faol qatnashdilar.

Har ikki tomonlar katnashchilari bunday uchrashuvlarni rejalar asosida oʼtkazilishini takid etildi. Barcha katnashchilar jaryonni qiziqish bilan kuzatib tingladilar va kiziqqan savollarini berib savolariga javob oldilar.

TАTU Fargʼona filialining kafedralari xamda “Oʼzbektelekom” АK TTT Fargʼona filiali oʼrtasidagi integratsiyasi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 27 dekabrdagi PQ-1668 qaroriga asosan Investitsion dasturiga kiritilgan loyiha asosida “Oʼzbektelekom” АK ga “Kompaniya mahalliy telekommunikatsiya tarmogʼini modernizatsiya qilish va kengaytirish” loyihasi asosidaamalga oshirilayotganligiga qaratilganligi takidlab oʼtildi.

Shuningdek xamkorlik ishlarini doimo davom ettirib borilishiga urgʼu berdi. “Respublikamiz va xususan Fargʼona viloyati telekommunikatsiya tizim va tarmoklarida olib borilayotgan ishlar, yangiliklar, oʼzgarishlar va innovatsiyalar borasida gapirilar ekan “Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlari” dagi innovatsion ishlar va ilmiy-amaliy ishlarga yondashuvlarga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.

Kafedra mudiri: O.S.Rayimjonova                                                         

Yigʼilish kotibi: А.O. Komilov