O.Rayimjonova va R. Nurdinova “Ilm-fan sohasidagi xizmatlari” uchun ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi mudiri t.f.d., dotsent O.Rayimjonova va Filial ilmiy tadqiqot va pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i t.f.d. R. Nurdinova MDX davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro tanlovda qatnashib, “Ilm-fan sohasidagi xizmatlari” uchun ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Olima ayollarimizga Filial ma’muriyati va jamoa a’zolari kelgusi ishlarida kuch-quvvat va ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.