🛰 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialiga Farg’ona shahar kasb-hunar maktabi, “Raqamli axborotlarni qayta ishlash” yo‘nalishi 2-bosqich o’quvchilari tashrif buyurdi.
📡 Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi professor-o’qituvchilari fakultetlar va ta’lim yo’nalishlari haqida umumiy ma’lumot berishdi. Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan talabalarga master-klass o`tib berdi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berishdi.
📝 Kasb-hunar maktabi o’quvchilari filialda talabalarga yaratilgan sharoitlar, ilmiy va o‘quv laboratoriyalari hamda teleradiomarkaz, amalga oshirilayotgan ilmiy va startap loyihalar bilan ham tanishdi.