«Ochiq eshiklar» kuni o‘tkazildi

«Ochiq eshiklar» kuni o‘tkazildi

🏫 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida Oltiariq tumani Sanoat texnikumi Kompyuter Injiniring yo‘nalishi ikkinchi bosqich talabalari uchun «Ochiq eshiklar» kuni o‘tkazildi.

🚀 Bitiruvchi talabalar filialda talabalarga yaratilgan sharoitlar, ilmiy va o‘quv laboratoriyalari hamda filial kutubxonasi bilan tanishib o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Shuningdek filial talabalari tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy va startap loyihalar bilan ham tanishishdi.