“Olima ayollarning taʼlim sifatini rivojlantirishdagi oʻrni”

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialida «Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim» yiliga bagʻishlangan «Olima ayollarning taʼlim sifatini rivojlantirishdagi oʻrni» mavzusidagi forum boʻlib oʻtdi.

🎗 Oʻtkazilgan forumning maqsadi viloyatimiz xotin-qizlarini innovatsion gʻoyalari, loyiha va ishlanmalarini joriy etishda ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, tadbirkorlik va ixtirochilik faoliyatiga keng jalb qilish, intellektual mulk obʼektlarini huquqiy muhofaza qilishlariga koʻmaklashish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning faoliyatlariga innovatsion yondoshuvni joriy qilish.

👑 Forumni filial direktori F.Muxtarov ochib berdi. Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Komila Kavlonova soʻzni davom ettirib, hozirgi kunda xotin-qizlarga yaratib berilayotgan sharoitlar haqida aytib oʻtdi.

👩‍💻 Forumda olima ayollarning taqdimotlari birma bir namoyish etildi. Qizgʻiz oʻzbek xalqaro unversiteti dotsenti Yorqinoy Rozieva ham oʻzining taqdimoti bilan qatnashdi.