Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining TATU Farg’ona filialiga tashrifi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida oliy o‘quv yurtida davlat xususiy sherikchilik asosida qurilayotgan 400 o‘rinli talabalar turar joyini ko‘zdan kechirdi. Fasad qismlari muhokama qilinib, vazir o‘z tavsiyalarini berdi. Talabalar turar joyi yangi o‘quv yiliga qadar imkon qadar tezroq ta’mirdan chiqarish kerakligi ta’kidlab o’tildi. Bu bo‘yicha mutasaddilarga zarur topshiriqlar berildi.