✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali bilan o‘zaro hamkorlikdagi amaliy ishlarni bajarish maqsadida filialga Osh texnologiyalar universiteti professori Satibayev Abdug‘ani Djunusovich va dotsent Muidinov Tair Tolonovichlar tashrif buyurishdi.
💥Qirg‘iziston chegaraoldi viloyatlari oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, malaka oshirish, tajriba almashish, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuvini qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
🟢Qirg‘iziston chegaraoldi oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro manfaatli bo‘lgan yo‘nalishlarda hamkorlik o‘rnatildi;
🟢 hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan malaka oshirish, tajriba almashish, ilmiy rahbarlik qilish, ilmiy maqolalar chop etish, dissertatsiya himoyalarida ishtirok etish maqsadida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yildi;
🟢zarur bo‘lgan hollarda ikki tomonlama bitim va kelishuvlar imzolash vazifalari belgilandi.



