Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida TАTU moliya-iqtisod ishlar bo‘yicha prorektori Аripjanov Fayzulla Аbdullaevich va Filial rahbariyati, O‘zbek-Belarus qo‘shma axborot texnologiyalari fakulteti 2-bosqich talabalarini bakalavrning 2+2 qo‘shma dasturiga asosan Belorus davlat informatika va radiotexnika universitetiga ketishlari munosabati bilan tashkil etilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda prorektor F.А.Аripjanov hamda Filial rahbariyati talabalarga o‘z maslaxatlarini berishdi va oq yo‘l tilashdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Axborot xizmati