O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan bugungi kunda amalga oshirilayotgan faoliyatlari bo‘yicha namoyishlar o‘tkazildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali va O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Farg‘ona shahar O‘quv sport texnika klubi 2-unitar korxonasi bilan hamkorlikda talaba yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni harbiy vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantrish hamda “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan bugungi kunda amalga oshirilayotgan faoliyatlari bo‘yicha namoyishlar o‘tkazildi.

Namoyishlarda talabalar Motosport, velosport, o‘q otish, haydovchilik kabi to‘garaklar faoliyati bilan tanishtirildi.

Hamkorlik yuzasidan talabalarni ushbu to‘garkalarga qamrovini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.