Tashrif chog’ida B.Rahimov filialda talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni o’rganib, “Murakkab jarayonlarni modellashtirish ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi”, Kiberxavfsizlik markazi, Strategik tahlil va istiqbolni belgilash markazi, ARM va Student office faoliyati bilan yaqindan tanishdi va u yerda mutaxassis xodimlar, talabalar bilan suhbatlashdi.
Filialda amalga oshirilayotgan ishlar va innovatsion loyihalar, start-up loyihalarni yanada rivojlantirish yuzasidan takliflar berildi.
Oliygohda sun’iy intellekt, kibersport, kiberxavfsilik sohalari va raqamlashtirish jarayonlari, E-universitet loyihasini amalga oshirish yuzasidan rahbarlar, mutaxassis xodimlar va talabalar bilan suhbatlashdi.