O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qarorining oliy ta’lim muassasalaridagi ijro holati va ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar, sport tadbirlarining tashkil etilishini o‘rganish uchun bir guruh mas’ullar oliygohimizda bo’lib turibdi

Mas’ul xodimlarni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktorning birinchi oʻrinbosari B.Tolipov kutib oldi va dastlab ular filialimiz bilan qisqacha tanishtirildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Fargʻona viloyati boshqarmasi hamda tegishli mas’ullar filialimizdagi bo’limlar, ARM faoliyati, student office, talabalar turar joylari, tadbirlar tashkil etilishi bilan bogʻliq bo’lgan jarayonlar bilan tanishadi.