“O’zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi mutaxassis xodimlari tomonidan seminar tashkil etildi

“O’zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi mutaxassis xodimlari tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialida professor-o’qituvchilar va talabalarga Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi professor-o’qituvchilari N.M.Jo’rayev, B.A.Turg’unov va “Kompyuter tizimlari” kafedrasi o’qituvchisi A.Q.Polvonovlar mas’ulligida ochiq muloqot shaklida seminar tashkil etildi.

Ochiq muloqotda “O’zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUK mutaxassis xodimlari B.Sh.Tulenov, A.A.Abdumo’minov, N.U.Muxammedov seminar ishtirokchilariga ma’ruza qildilar.

Ochiq muloqot davomida filial professor-o’qituvchilari, magistrantlar va talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis xodimlardan kerakli javoblarni oldilar.

Shuningdek “O’zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUK va TATU Farg’ona filiali o’rtasida filialning mutaxassislik kafedralari o’qituvchilarini, magistrantlarni ushbu korxonada ilmiy, o’quv stajirovkalarini mazkur korxonada o’tkazish bo’yicha kelishib olindi.