“O‘zbektelekom”AK Farg‘ona filiali, Tarmoqni rivojlantirish va ekspluatasiya qilish bo‘limi boshlig‘i M. Eshimov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2021-yil 10-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida, “O‘zbektelekom”AK Farg‘ona filiali, Tarmoqni rivojlantirish va ekspluatasiya qilish bo‘limi boshlig‘i M. Eshimov hamda bosh mutaxassis Sh. G‘aybullayev bilan “Zamonaviy telekommunikasiya tarmoqlarini tashkil etish”mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Kompyuter injiniring fakulteti dekani A. Qodirov, fakultet dekan o‘rinbosari N. Ibragimov, Axborot texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari B. Azamxonov, A. Abduqodirov, E. Qodirov, S. Xonto‘rayevlar hamda filialning bitiruvchi talaba-yoshlari ishtirok etdilar.

Uchrashuv mobaynida filial talaba-yoshlariga Zamonaviy telekommunikasiya tarmoqlarini tashkil etish shu bilan birgalikda bugungi kundagi telekommunikasiya sohasidagi so‘nggi yangiliklar yuzasidan Shukurullo G‘aybullayev nutq so‘zladi hamda yoshlar bilan keng qamrovli suhbat olib bordi. Shu jumladan Respublika miqyosida qo‘llanilayotgan texnologiyalar, ularni ishlab chiqish, joylardagi qo‘llanilish soxalari hamda tarmoq texnologiyalarining bugungi kunda jamiyatimizdagi tutgan o‘rni yuzasidan talaba-yoshlarga tushunchalar berdilar.

Filial talaba-yoshlari ushbu uchrashuvdan kerakli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.