President Tech Award tanlovi e’lon qilindi

📣 Sovrin jamg‘armasi $1 000 000 tashkil qiluvchi President Tech Award tanlovida ishtirok etishni xohlovchi startaplar diqqatiga!

🔴 Asosiy beshta yo‘nalish bo‘yicha arizalar qabul qilish yakunlandi, biroq sizda hali ham maxsus yo‘nalish – Hakatonga ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati borligini eslatib o‘tamiz!

📆 Hakaton uchun roʻyxatdan oʻtish sentabrga qadar davom etadi, shuning uchun siz ushbu tanlovga tayyorgarlik koʻrish va ishtirok etish uchun vaqtingiz bor. 💥

Eslatib o‘tamiz, Hakatonda O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, IT Park rezident kompaniyalarining IT-mutaxassislari bo‘lgan xorijliklar ham ishtirok etishlari mumkin.

📥 Ishtirok etish uchun awards.gov.uz havolasi orqali ariza topshirishingiz mumkin.

🕊 Barcha savollar bo‘yicha: @PresidentTechAward