Qabul 2023 targ‘ibot ishlari

😄 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialining targ‘ibot va tashviqot guruhi tomonidan Qabul 2023 targ‘ibot ishlarini davom ettirish maqsadida joriy yilning 19-iyul kuni “Ilm plyus” hamda “Boburiylar” o‘quv markazlariga tashrif buyurildi.

💼 O‘quv markazi o‘quvchilariga filialimizdagi mavjud erkin taʼlim olish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bakalavr, magistr, sirtqi va masofaviy taʼlim yo‘nalishlari hamda yangi tashkil etilgan sohalar bo‘yicha batafsil maʼlumotlar yetkazildi.

Tinglovchilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollariga yetarli javoblar berildi.