Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida direktor maslahatchisi A.Usmonov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i I.Kaxxarovlar tomonidan filial qabul komissiyasi aʼzolari bilan qabul jarayonlarini shaffofligini taʼminlash, korrupsiyani oldini olish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.
Suhbat davomida komissiya aʼzolariga yuklatilgan vazifasini masʼuliyat bilan vijdonan bajarish kerakligi haqida ko‘rsatmalar berildi.