Qirg’izistonga tashrif

TATU Farg’ona filiali Xotin-qizlar kengashi raisi Z.Ataxonova va O’zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri G.Qo’chqorovalar va filialning iqtidorli talaba qizlari Qirg’iziston respublikasi Osh shahrida joylashgan Botirali Siddiqov nomidagi Qirg’iz – O’zbek xalqaro universitetida mehmonda bo’ldi.

Do’stona hamkorlik va tajriba almashish maqsadida tashkil etilgan ushbu uchrashuv kuni Ikki elning suyukli adibi Chingiz Aytmatov tavalludining 95 yillik bayramona tadbiriga ham ulanib ketdi.

Filialimiz Xotin-qizlar kengashi raisi Z.Ataxonova va Botirali Siddiqov nomidagi Qirg’iz – O’zbek xalqaro universiteti Tabiiy, pedagogika va informatika fakulteti Xotin-qizlar kengashi raisasi Arstanbek qizi begimoylar o’rtasida o’zaro tajriba almashish seminar-treningi bo’lib o’tdi.