Qo’qon shahrida Farg’ona axborot texnologiyalari texnikumi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 288-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorda, shu jumladan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Аxborot texnologiyalari universiteti bilan integratsiyalashgan holda, axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha o‘rta mahsus taʼlim sohasida malakali kadrlar tayyorlash maqsadida, axborot texnologiyalari texnikumlari tashkil etiladi.

Farg‘ona axborot texnologiyalari texnikumi Qo‘qon shahridagi 6-umumiy o‘rta taʼlim maktabi ro‘parasidagi sobiq yengil sanoat texnikumi binosida tashkil etildi.

Do’stlarga ulashing👇👇
@TATUFF_mt
@officalgroupTUIT