🔰 Kadastr agentligining Farg‘ona viloyati boshqarmasida TATU Farg’ona filiali “Dasturiy injiniring va kiberxavfsizlik” fakulteti professor-o’qituvchilari tomonidan “RAQAMLI DUNYODA KIBERTAHDID VA KIBERXAVFSIZLIK MUAMMOLARI” mavzusida ma’ruza o’tildi.
♻️ Ma’ruza davomida xodimlarga kibertahdidlarni aniqlashning “Global Cybersecurity Index ” metodologiyasining 15 ta mezoni ko’rsatib o’tildi.
👨💻 Shu bilan birgalikda, O’zbekiston Respublikasidagi Kiberxavfsizlik sohasiga tegishli 17 ta qonun, Prezidentning 9 ta farmon va qarori haqida tushuntirishlar berildi.
📌 Virus turlari, zararli dasturlardan himoyalanish metodlari haqida ma’lumotlar berildi.
👩💻 O‘zbekiston Respublikasi web-resurslariga bo‘lgan kiberhujumlar tahlili va tashkilotlardagi kiberxavfsizlik muommolar haqida savol-javoblar bo’lib o’tdi.
🤝 Shuningdek, Kadastr agentligining Farg‘ona viloyati boshqarmasi bilan yangi loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishga kelishib olindi.





