Respublika OTMga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza yuborish boshlandi

2021/2022 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:

➡️ respublikaning bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida – “transfer.edu.uz”;

➡️ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan – “transfer.dtm.uz”.

▶️ Ushbu elektron  “transfer.edu.uz” tizimi orqali arizalarni qabul qilish boshlandi.

transfer.dtm.uz orqali arizalarni 15 iyul 22.00 dan boshlab ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi.