“Sog’lom hayot” maxsus profilaktik tadbiri doirasida 1-mart kuni TATU Farg’ona filialida Farg’ona viloyat IIB JQB tezkor vakili kapitan H.Ne’matjonov hamda Farg’ona viloyati OITS ga qarshi kurashish markazi shifokorlari Sh.Olimov, A.Xusanovlar ishtirokida talabalar bilan uchrashuv o’tkazildi

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan talabalarga “Yoshlar orasida giyohvandlik va OIV infeksiyasi tarqalishini oldini olish masalalari” ga qaratilgan amaliy, tezkor profilaktik ishlar haqida ma’lumot berildi va videorolik namoyish etildi.

Uchrashuvda talabalarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob berildi.