«Stol tennisi» bo’yicha musobaqa bo’lib o’tdi

🏓 Filial professor-o’qituvchi va xodimlari o’rtasida sportning «Stol tennisi» bo’yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqada ishtirok etish uchun sport klubiga 38 nafar ishtirokchilardan talabnomalar kelib tushgan. Bulardan 28 nafarini erkaklar hamda 10 nafarini ayollar tashkil etdi.

Natijalar:

Ayollar o’rtasida:
▪️1-o’rin: Husanova Mohiraxon (Axborot xavfsizligi kafedrasi);
▪️2-o’rin: Husaynova Mahliyoxon (O’zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi);
▪️3-o’rin: Turg’unova Nafisaxon (Axborot texnologiyalar kafedrasi);

Erkaklar o’rtasida:
▪️1-o’rin: Abduqodirov Abduvohid (Axborot texnologiyalar kafedrasi);
▪️2-o’rin: Muxtarov Farrux (Filial direktori);
▪️3-o’rin: Turg’unov Bahodir (Axborot texnologiyalar kafedrasi);