«Talaba yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish» mavzusida tadbir tashkil etildi

✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida «Talaba yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish» mavzusida tadbir tashkil etildi.

🟢Tadbirda Farg‘ona shahar IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari mayor S.Otajonov, filial direktori A.Rasulov, fakultet dekanlarining yoshlar bilan ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, filial psixologi, yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, tyutorlar va talaba yoshlar ishtirok etishdi.

🟢S.Otajonov hozirgi kunda talaba yoshlarga davlatimiz rahbariyati tomonidan bo‘layotgan e’tibor, talabalar o‘rtasidagi jinoyatchilikni oldini olish, profilaktik tadbirlar to‘g‘risida va tergov qilgandan ko‘ra oldini olgan yaxshi ekanligi haqida tavsiyalar berdi.

🟢S.Otajonov talaba yoshlar orasida sodir etilgan ma’muriy va jinoiy ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib talabalarni ogoxlikka chorladi.

🟢Filial direktori malaxatchisi tomonidan talabalarga salbiy xolatlar endilikda sodir etmaslik o‘zlariga bog‘lik ekanligini tushintirib o‘tdi.