“Talabalar teatr studiyalari” festivali

Oʼzbekiston Respublikasi oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda 2021 yildan boshlab har yili OTMning “Talabalar teatr studiyalari” festivalini oʼtkazib borish yoʼlga qoʼyildi.

Festival gʼoliblari quydagicha taqdirlanadi:

“Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” nominatsiyasi uchun — 2 mln. soʼm;

“Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasi uchun — 2 mln. soʼm;

“Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasi uchun — 2 mln. soʼm;

“Milliy anʼana va qadriyatlarni tarannum etganligi” nominatsiyasi uchun — 8 mln. soʼm;

“Dolzarb mavzuning sahnaviy talqini” nominatsiyasi uchun — 10 mln. soʼm;

“Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasi uchun — 15 mln. soʼm pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Tanlovda ishtirok eting va gʼoliblikni qoʼlga kiriting!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali Axborot xizmati.