Talabalar turar joyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkillandi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali O’zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan talabalar turar joyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkillandi.

✅ Kafedra professor-o’qituvchilari boshchiligida talaba yigitlar o’rtasida sportning voleybol, stol tennisi, shashka va shaxmat o’yinlari, shuningdek, talaba qizlar o’rtasida «Eng yaxshi pazanda», «Eng chaqqon pazanda», «Eng mohir pazanda» nominatsiyalari asosida salat tayyorlash musobaqalari o’tkazildi.

〽️ Iftorlik payti uchun milliy taomlar tayyorlanib talabalarga ulashildi, qiziqarli o’yinlar barchaga ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.