Talabalar turar joyida tadbirlar hamda musobaqalar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusga oid chora-tadbirlarni bajarilishi yuzasidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali talabalar turar joyida tadbirlar hamda musobaqalar tashkil etildi

2021-yil 29-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialitalabalar turar joyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusga oid chora-tadbirlariga bag‘ishlangan oid tadbirlar, mashg‘ulotlar va musobaqalar tashkil etildi.

Ma’lumki, Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan oliy ta’lim tizimiga oid qabul qilingan so‘nggi qaror va farmonlarda malakaviy amaliyotlarni tashkil etishda talabalar nazariy olgan bilimlarini bevosita amaliyot davrida qo‘llashni yangi avlod dasturlari asosida tashkil etishga alohida urg‘u berilgan. Ayni shu talablarni bajarish maqsadida, 2021 yilning 29-yanvar kuni “Kompyuter injiniring” hamda “Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim”  Fakultet dekanlari B. Tolipov, A. Qodirov, Dekan o‘rinbosarlari A. Salmonov, N. Ibragimov filial talabalar turar joyiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad, nafaqat talabalarni o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish, balki, 2020-2021 o‘quv yili davomida o‘tkazib kelinayotgan tadbirlar davomida Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusida belgilangan vazifalar ijrosini amalga oshirishni ham o‘z ichiga oladi.

Talabalar turar joyi direktori M. Nosirov, Pedagog-tarbiyachi S. Raxmonovlar bilan birgalikda filial dekanlari B. Tolipov, A. Qodirov, Dekan o‘rinbosarlari A. Salmonov, N. Ibragimovlar filial talabalari  o‘rtasida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusning 2-tashabbusi: yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan sport musobaqalari, shu jumladan 1-tashabbusi:  yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san‘atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste‘dodini yuzaga chiqarishga oid mashg‘ulotlar, 3-tashabbus: yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan kompyuter hamda dasturlash to‘garaklari, 4-tashabbusi: yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan kitobxonlik uchrashuvlari, 5-tashabbusi: xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan mashg‘ulotlar tashkillandi.

Shu jumladan filial talabalar turar joyi direktori M. Nosirov tomonidan talabalarga 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida umumiy tushunchalar taqdim etildi va o‘z navbatida, har bir fakultet dekanlari B. Tolipov, A. Qodirovlar tomonidan talabalarni o‘quv, ilmiy-tadqiqot va dunyoviy bilimlarini oshirish borasida yaratilgan shart-sharoitlar namoyish qilindi. Tashrif davomida talabalar o‘zlari uchun qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib o‘zlari uchun kerakli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.