TATU Fargʻona filiali talabalari uchun ijara xonadonlaridagi sharoitlar o’rganilib, xonadonning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati tekshirilgan.
Shuningdek, tabiiy gaz va elektr energiyasi xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishiga alohida e’tibor berildi. Talabalarga texnika xavfsizligi va energiya resurslaridan samarali foydalanish bo’yicha muhim tushunchalar berildi.
Talabalar turar joyi ga koʻchib oʻtish jarayonlari haqida ham tushuntirish ishlari olib borildi. Bu jarayonlar talabalarning xavfsiz va qulay yashash sharoitlariga ega bo’lishini ta’minlashga qaratilgan.