Tanlov ustuvorligini belgilash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori bilan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilash imkoniyati yaratildi.

Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

Davlat grantini tanlasa – tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

Davlat granti va to‘lov-kontraktni tanlasa – oldingi yillardagi kabi har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik (“Davlat granti” yoki “Davlat granti va to‘lov-kontrakt”) asosida amalga oshiriladi.

Abituriyentlardan ustuvorlikni belgilashda e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz!