Targ’ibot tadbirlari bo’lib o’tmoqda

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitusiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyatini o‘qituvchi talabalarga yetkazish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati U.Jabborov ishtirokida “Mojoritar-proporsional saylov tizimining o‘ziga xos jihatlari” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminar so‘ngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati U. Jabborov atroflicha javob berdi.